Shuningdek qarang
Foreksda savdo qilishning afzalliklari nimada? Kompyuter va Internetga kirish imkoniyatiga ega bo'lib istagan paytda va istagan joyda ishlash mumkin. Yetarlicha bilim va irodaga ega bo'lgan har bir kishi muvaffaqiyat qozonishga va mustaqillikka imoni bo'ladi. Kundan kunga moliya bozorlari savdo qilishga qiziqish ortib bormoqda. Treyderlar soni va shu bilan birga jahon moliya bozorlariga kirish imkoniyatini taqdim etuvchi kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Biroq ularning hammasi ham mijozlarning ehtiyojlarini to'liq qondira olmaydi va ularga haqiqatan ham arzigulik narsani taqdim eta olmaydi. Shu bilan birga valyuta bozorida nuqsonsiz obro'ga va faoliyati nihoyatda shaffof mexanizmga ega bo'lgan brokerlik kompaniyasi bo'lishi nihoyatda muhimdir. Xalqaro broker InstaForeks ana shunday kompaniya hisoblanadi.
InstaForeks kompaniyasi o'z faoliyatini 2007 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoning tez o'sib borayotgan bozorida boshladi va shu yerda ulkan yutuqlarga erishdi. InstaForeks kompaniyasi World Finance Awards va ShowFx Asianing nufuzli sovrinlari yakunlariga ko'ra bir necha marta Osiyoning eng yaxshi brokeri deb tan olindi.
Bugun InstaForeks – bu dunyoning 80 ta mamlakatidagi 350 000 dan ortiq treyderlarning ishonchini qozongan taniqli brenddir. Bu kompaniya jahon doirasidagi kompaniya bo'lib, taqdim etayotgan mahsulotlari va xizmatlarining yuqori sifati bilan, savdo sharoitlari va vositalarining juda keng tanlovi, ishonchliligi va har bir mijozga individual yondashuvi bilan mashhurdir.
2010 yilda InstaForeksning mijozlari bazasi ancha ortdi - kompaniya xizmatlariga qiziqishning ortishi Osiyodagi "o'z bozoridan" tashqari Sharqiy Yevropa, MDH va Afrika mamlakatlarida ham qayd etildi. Kompaniya rivojlanishning yangi pog'onasiga chiqmoqda, uning rejalarida - o'z mijozlariga yanada yaqinroq bo'lish, uchun va ularga maksimal darajada samarali xizmat ko'rsatish uchun yuqorida eslatib o'tilgan hududlarda qo'shimcha vakolatxonalar ochishdir.
Faol geografik ekspansiya avvalo iste'molchilar tomonidan sifatli va universal brokerlik xizmatlariga barqaror talabga asoslangan. Nima uchun har kuni 300 tagacha treyder InstaForeks kompaniyasida hisob-varag'i ochmoqda? Bozordagi eng qulay savdo sharoitlaridan biri, valyuta va CFD vositalarining to'liq to'plami, swap-free bitimlar, tsentli hisob-varaqlari va microforex, kunu-tun qo'llab-quvvatlash xizmati, PAMM-tizim, mablag'larni VISA kartasiga echib olish, savdo hisob-varag'ini barcha to'ldirishlarga 40%gacha bonuslar, bank darajasining texnik xavfsizligi, har yillik sovrin jamg'armasi yarim million dollardan ortiq, 7 ta savdo serverlari va 25 dan ortiq data-markazlar, shuningdek yana juda ko'p xizmatlar mavjudki, bularning hammasi InstaForeks kompaniyasini tajribasi va professional darajasidan qat'inazar istagan treyder uchun eng foydali va qulay broker qiladi.
Bundan tashqari, InstaForeks dunyoning turli mamlakatlaridagi uning mijozlariga nimalar muvaffaqiyat keltirishi ustida doimiy ravishda ish olib boradi. Bozorni va iste'molchilarning afzal ko'radigan narsalarni faqat sinchiklab tahlil qilgandan keyingina haqiqatan ham diqqatga sazovor bo'ladigan narsani taklif qilish mumkin. Shu bilan birga treyderlar Foreksda savdo qilish oddiy, samarali va tushunarli bo'lishini istaydilar va InstaForeks kompaniyasi unga bu xossalarni ta'minlash uchun hamma ishni qilmoqda.
Kompaniya doimo brokerlik xizmatlari sohasida oxirgi yangiliklarga amal qiladi va innovatsiyalarni joriy etgan holda o'zi standartlar belgilaydi. Ba'zida biznes iqtisodning yaxshiligiga bog'liqligi to'g'risida esdan chiqarish va ijod qilish uchun - ya'ni o'zgarishlarga erishish uchun nimani va qayerda nima qilish kerakligini o'ylab ko'rishga vaqt qoldirish foydali bo'ladi. Shunda biror mutlaqo yangi - noyob takliflar, ajoyib tanlovlar, tanti bonuslar va juda ko'p boshqa narsalar tug'iladi.
Yangi yechimlarni doimiy ravishda izlash treyderlarga ijobiy natijalarga erishishda yordam berish istagiga asoslangan, axir ularning g'alabasi - bu muvaffaqiyatlarga erishib borayotgan InstaForeks kompaniyasi quriladigan poydevordir.
CNBC Business jurnali, 2011 yil, may
Orqaga